-

,

ENGLISH VERSION

O'zbek tilida versiya

Version ҷ

版本:中文

 

Professor A.L. Polenov nomidagi Rossiya Neyroxirurgiya Institutining

neyroanesteziologiya va neyroreanimatsiya bolimi

 

Professor A.N. Kondratev rahbarligidagi anesteziologiya va reanimatsiya bolimi 3 orinli 4 ta hamda bitta ornli palatalardan iborat.

Bolim tomonidan tibbiy korik, intensiv terapiya va markaziy asab tizim patologiyali (bosh va orqa miya osmalari, bosh va orqa miya tomirlari patologiyasi, miya qon aylanishining otkir buzilishi: gemorragik va ishemik insultlar, bosh miya qobigining va orqa miyaning ogir jarohati) kasallarga  anesteziologik yordam amalga oshiriladi. Bolimning ishi oziga xos, zamonaviy jahon darajasiga javob beradigan, patentlangan uslublarni qollash orqali amalga oshiriladi. Bolim zamonaviy nafas olish apparatlari bilan jihozlangan, ular yordamida barcha yoshdagi bemorlar uchun majburiy yoki yordam sifatida opkani suniy shamollatish imkoniyati mavjud. Karavot monitorlari gemodinamikani uzluksiz kecha-kunduz nazorat qilishni imkonini beradi. Bolimda ishlaydigan shifokorlar va hamshiralik ishi xodimlari oliy toifalidir.

Reanimatsiya va anesteziologiya bolimi tarkibiga kecha-kunduz qonning, siydikning va orqa miya suyuqligining biokimyoviy, koagulogik, gormonal va klinik tadqiqotlarni bajarilishini taminlaydigan tezkor-tashxis laboratoriyasi kiradi. Laboratoriya jihozi qonning gazli transport funktsiyasini va kislotali-asosiy holatini, suv va elektrolitlar muvozanatini, qonning koagulyatsiya va reologik xususiyatlarining tadqiqotlarini otkazish imkonini beradi. Bolimning elektrofiziologik laboratoriyasi kecha-kunduz bosh miya potenziallarini keltirgan elektroentsefalogram yozuvini amalga oshiradi.

Bolimda oz ichiga uchta patentlangan uslublarni qamrab olgan bemorlarning vegetativ holatdagi va appalitik sindromdagi intensiv terapiyasining protokoli ishlab chiqilgan. Ushbu protokol vegetativ holatdagi bemorning hushini tiklash mumkinligini, appalitik sindromdagi kasalning shifoxonada qolish muddatini, davolashning joyi va muddatini belgilashni taxmin qilish imkonini beradi.

 

Barcha savollar boyicha quyidagi telefonlarga murojaat qiling:

+7(921)9085228; +7(950)0077813;

e-mail: anest-neuro@mail.ru

   Russia 191104 St-Petersburg, Majakovskogo str. 12

 






 

 

 

 


..web admin

@Mail.ru